حَدَّثَنَا حُمَيْدُ بْنُ مَسْعَدَةَ، وَأَبُو بَكْرِ بْنُ خَلاَّدٍ قَالاَ حَدَّثَنَا نُوحُ بْنُ قَيْسٍ، حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ مَالِكٍ، عَنْ أَبِي الْجَوْزَاءِ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ كَانَتِ امْرَأَةٌ تُصَلِّي خَلْفَ النَّبِيِّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ حَسْنَاءُ مِنْ أَحْسَنِ النَّاسِ فَكَانَ بَعْضُ الْقَوْمِ يَسْتَقْدِمُ فِي الصَّفِّ الأَوَّلِ لِئَلاَّ يَرَاهَا وَيَسْتَأْخِرُ بَعْضُهُمْ حَتَّى يَكُونَ فِي الصَّفِّ الْمُؤَخَّرِ فَإِذَا رَكَعَ قَالَ هَكَذَا يَنْظُرُ مِنْ تَحْتِ إِبْطِهِ فَأَنْزَلَ اللَّهُ {وَلَقَدْ عَلِمْنَا الْمُسْتَقْدِمِينَ مِنْكُمْ وَلَقَدْ عَلِمْنَا الْمُسْتَأْخِرِينَ} فِي شَأْنِهَا .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir chiroyli ayol Nabiy ﷺ ortida namoz oʻqir edi, u odamlarning eng goʻzallaridan biri edi. Baʼzi kishilar uni koʻrmaslik uchun birinchi safga oʻtib olar, baʼzilari esa oxirgi safda boʻlish uchun orqada qolar edi. Rukuʼ qilganda esa ana shunday, qoʻltigʻi ostidan qarar edi. Shunda Alloh uning haqida: {Batahqiq, Biz sizlardan avval oʻtganlarni ham bilamiz va batahqiq, keyin qoladiganlarni ham bilamiz} degan oyatni nozil qildi. (Hijr 24)