حَدَّثَنَا يُوسُفُ بْنُ مُوسَى الْقَطَّانُ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، ح وَحَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا أَبُو خَالِدٍ الأَحْمَرُ، جَمِيعًا عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ إِسْحَاقَ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنِ السَّائِبِ بْنِ يَزِيدَ، قَالَ مَا كَانَ لِرَسُولِ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ إِلاَّ مُؤَذِّنٌ وَاحِدٌ. فَإِذَا خَرَجَ أَذَّنَ، وَإِذَا نَزَلَ أَقَامَ. وَأَبُو بَكْرٍ وَعُمَرُ كَذَلِكَ. فَلَمَّا كَانَ عُثْمَانُ، وَكَثُرَ النَّاسُ، زَادَ النِّدَاءَ الثَّالِثَ عَلَى دَارٍ فِي السُّوقِ، يُقَالُ لَهَا الزَّوْرَاءُ. فَإِذَا خَرَجَ أَذَّنَ، وَإِذَا نَزَلَ أَقَامَ .
Soib ibn Yazid (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasulullohning ﷺ faqat bitta muazzinlari bor edi. U zot chiqqanlarida u azon aytar, u zot (minbardan) tushganlarida iqomat aytardi. Abu Bakr va Umar ham shunday qildilar. Usmon (xalifa boʻlgan) davrida esa odamlar koʻpaygach, u bozordagi Zavro deb ataladigan bir uy ustidan uchinchi nidoni (azonni) qoʻshdi. U zot chiqqanlarida u azon aytar, u zot minbardan tushganlarida iqomat aytardi.