حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَبْدَةُ بْنُ سُلَيْمَانَ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتِ اشْتَكَى رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فَدَخَلَ عَلَيْهِ نَاسٌ مِنْ أَصْحَابِهِ يَعُودُونَهُ فَصَلَّى النَّبِيُّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ جَالِسًا فَصَلَّوْا بِصَلاَتِهِ قِيَامًا فَأَشَارَ إِلَيْهِمْ أَنِ اجْلِسُوا فَلَمَّا انْصَرَفَ قَالَ " إِنَّمَا جُعِلَ الإِمَامُ لِيُؤْتَمَّ بِهِ. فَإِذَا رَكَعَ فَارْكَعُوا. وَإِذَا رَفَعَ فَارْفَعُوا. وَإِذَا صَلَّى جَالِسًا فَصَلُّوا جُلُوسًا " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ betob boʻlib qoldilar. Sahobalaridan bir necha kishi ularni koʻrgani kirishdi. Nabiy ﷺ oʻtirgan holda namoz oʻqidilar, ular esa u zotning namoziga ergashib tik turgan holda oʻqishardi. Shunda u zot ularga oʻtiringlar deb ishora qildilar. Namozdan boʻshaganlarida: «Imom faqat unga ergashilishi uchun tayinlangan. Bas, u rukuʼ qilsa, siz ham rukuʼ qilinglar; u boshini koʻtarsa, siz ham koʻtaringlar; u oʻtirgan holda namoz oʻqisa, siz ham oʻtirgan holda oʻqinglar», dedilar.