حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ مَنْصُورٍ، أَنْبَأَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَنْبَأَنَا مَعْمَرٌ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَسَارٍ، عَنْ أَبِي عَبْدِ اللَّهِ الصُّنَابِحِيِّ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ قَالَ " إِنَّ الشَّمْسَ تَطْلُعُ بَيْنَ قَرْنَىِ الشَّيْطَانِ أَوْ قَالَ: يَطْلُعُ مَعَهَا قَرْنَا الشَّيْطَانِ فَإِذَا ارْتَفَعَتْ فَارَقَهَا. فَإِذَا كَانَتْ فِي وَسَطِ السَّمَاءِ قَارَنَهَا. فَإِذَا دَلَكَتْ أَوْ قَالَ: زَالَتْ فَارَقَهَا. فَإِذَا دَنَتْ لِلْغُرُوبِ قَارَنَهَا. فَإِذَا غَرَبَتْ فَارَقَهَا. فَلاَ تُصَلُّوا هَذِهِ السَّاعَاتِ الثَّلاَثَ " .
Abu Abdulloh as-Sunobihiy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Albatta, quyosh shaytonning ikki shoxi orasidan chiqadi», yoki: «Shaytonning ikki shoxi u bilan birga chiqadi. Quyosh koʻtarilganda shayton undan ajraladi. U osmonning oʻrtasiga yetganda shayton unga yaqinlashadi. U ogʻganda» yoki: «zavolga yuz tutganda shayton undan ajraladi. U botishga yaqinlashganda shayton unga yaqinlashadi. U botganda shayton undan ajraladi. Bas, mana shu uch vaqtda namoz oʻqimanglar», dedilar.