حَدَّثَنَا بِشْرُ بْنُ مُعَاذٍ الضَّرِيرُ، حَدَّثَنَا بِشْرُ بْنُ الْمُفَضَّلِ، حَدَّثَنَا عَاصِمُ بْنُ كُلَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ وَائِلِ بْنِ حُجْرٍ، قَالَ قُلْتُ لأَنْظُرَنَّ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ كَيْفَ يُصَلِّي، فَقَامَ فَاسْتَقْبَلَ الْقِبْلَةَ فَرَفَعَ يَدَيْهِ حَتَّى حَاذَتَا أُذُنَيْهِ، فَلَمَّا رَكَعَ رَفَعَهُمَا مِثْلَ ذَلِكَ، فَلَمَّا رَفَعَ رَأْسَهُ مِنَ الرُّكُوعِ رَفَعَهُمَا مِثْلَ ذَلِكَ .
Voil ibn Hujr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men: «Rasululloh ﷺga qarab, qanday namoz oʻqishlarini albatta koʻraman», dedim. U zot turib, qiblaga yuzlandilar va qoʻllarini quloqlari barobarida boʻlguncha koʻtardilar. Rukuʼga borganlarida ham ularni xuddi shunday koʻtardilar, rukuʼdan boshlarini koʻtarganlarida ham ularni xuddi shunday koʻtardilar.