حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ نُمَيْرٍ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بِشْرٍ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ أَبِي خَالِدٍ، عَنِ الزُّبَيْرِ بْنِ عَدِيٍّ، عَنْ مُصْعَبِ بْنِ سَعْدٍ، قَالَ رَكَعْتُ إِلَى جَنْبِ أَبِي فَطَبَّقْتُ فَضَرَبَ يَدِي وَقَالَ قَدْ كُنَّا نَفْعَلُ هَذَا، ثُمَّ أُمِرْنَا أَنْ نَرْفَعَ إِلَى الرُّكَبِ .
Musʼab ibn Saʼd (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: «Otamning yonida rukuʼ qildim va ikki qoʻlimni (birlashtirib) tizzalarim orasiga qoʻydim. Shunda otam qoʻlimga urib: ‹Biz ham shunday qilardik, soʻng qoʻlni tizzaga qoʻyishga buyurildik›, dedi.»