حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ سُلَيْمَانَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْحَمِيدِ بْنُ سُلَيْمَانَ، أَخُو فُلَيْحٍ حَدَّثَنَا أَبُو حَازِمٍ، قَالَ كَانَ سَهْلُ بْنُ سَعْدٍ السَّاعِدِيُّ يُقَدِّمُ فِتْيَانَ قَوْمِهِ يُصَلُّونَ بِهِمْ فَقِيلَ لَهُ تَفْعَلُ وَلَكَ مِنَ الْقِدَمِ مَا لَكَ قَالَ إِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ يَقُولُ " الإِمَامُ ضَامِنٌ، فَإِنْ أَحْسَنَ، فَلَهُ وَلَهُمْ، وَإِنْ أَسَاءَ - يَعْنِي - فَعَلَيْهِ وَلاَ عَلَيْهِمْ " .
Sahl ibn Saʼd as-Soidiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U qavmining yigitlarini oldinga chiqarib, ularga imomlik qildirar edi. Unga: «Oʻzingda shuncha ustunlik (Islomda ilgarilik) boʻla turib shunday qilasanmi?» deyilganda, u: «Men Rasululloh ﷺ: ‹Imom zomindir. Agar yaxshi qilsa, u ham, ular ham (savob oladi), agar yomon qilsa, u oʻz zimmasidadir, ularga esa (ziyon) yoʻqdir›, deganlarini eshitganman», dedi.