حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ الْمُنْذِرِ الْحِزَامِيُّ، حَدَّثَنَا بَكْرُ بْنُ سُلَيْمٍ، حَدَّثَنِي حُمَيْدُ بْنُ زِيَادٍ الْخَرَّاطُ، عَنْ كُرَيْبٍ، مَوْلَى عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ قَالَ هَلَكَ ابْنٌ لِعَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ فَقَالَ لِي يَا كُرَيْبُ قُمْ فَانْظُرْ هَلِ اجْتَمَعَ لاِبْنِي أَحَدٌ فَقُلْتُ نَعَمْ . فَقَالَ وَيْحَكَ كَمْ تَرَاهُمْ؟ أَرْبَعِينَ؟ قُلْتُ: لاَ. بَلْ هُمْ أَكْثَرُ . قَالَ: فَاخْرُجُوا بِابْنِي فَأَشْهَدُ لَسَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ يَقُولُ " مَا مِنْ أَرْبَعِينَ مِنْ مُؤْمِنٍ يَشْفَعُونَ لِمُؤْمِنٍ إِلاَّ شَفَّعَهُمُ اللَّهُ " .
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Uning bir oʻgʻli vafot etdi. U menga: «Ey Kurayb, turgin-da, oʻgʻlimga (janoza oʻqishga) biror kishi toʻplandimi, qarab kel», dedi. Men: «Ha», dedim. U: «Voy, ularni nechta koʻryapsan? Qirqtami?» dedi. Men: «Yoʻq, balki ular koʻproq», dedim. U: «Oʻgʻlimni (janozaga) olib chiqinglar. Guvohlik beramanki, men Rasululloh ﷺ: ‹Qaysi bir moʻminga qirqta moʻmin (janoza oʻqib) shafoat qilsalar, Alloh ularning shafoatini albatta qabul qiladi›, deganlarini eshitganman», dedi.