حَدَّثَنَا نَصْرُ بْنُ عَلِيٍّ الْجَهْضَمِيُّ، حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ عَامِرٍ، عَنْ هَمَّامٍ، عَنْ أَبِي غَالِبٍ، قَالَ رَأَيْتُ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ صَلَّى عَلَى جِنَازَةِ رَجُلٍ فَقَامَ حِيَالَ رَأْسِهِ فَجِيءَ بِجِنَازَةٍ أُخْرَى بِامْرَأَةٍ فَقَالُوا يَا أَبَا حَمْزَةَ صَلِّ عَلَيْهَا . فَقَامَ حِيَالَ وَسَطِ السَّرِيرِ فَقَالَ لَهُ الْعَلاَءُ بْنُ زِيَادٍ يَا أَبَا حَمْزَةَ هَكَذَا رَأَيْتَ رَسُولَ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ قَامَ مِنَ الْجِنَازَةِ مُقَامَكَ مِنَ الرَّجُلِ وَقَامَ مِنَ الْمَرْأَةِ مُقَامَكَ مِنَ الْمَرْأَةِ قَالَ نَعَمْ . فَأَقْبَلَ عَلَيْنَا فَقَالَ احْفَظُوا .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Abu Gʻolib aytadi: Men Anas ibn Molik bir erkak kishining janozasiga janoza oʻqiganini koʻrdim, u boshi toʻgʻrisida turdi. Soʻng boshqa bir janoza, ayolning janozasi keltirildi. Ular: «Ey Abu Hamza, bunga janoza oʻqing», dedilar. U taxtaravon oʻrtasi toʻgʻrisida turdi. Alo ibn Ziyod unga: «Ey Abu Hamza, siz Rasululloh ﷺ ni erkak kishining janozasidan siz turgan oʻringa, ayolning janozasidan siz turgan oʻringa turganlarini shundoq koʻrganmisiz?» dedi. U: «Ha», dedi. Soʻng bizga yuzlanib: «Yodda saqlanglar», dedi.