حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ رُمْحٍ، أَنْبَأَنَا اللَّيْثُ بْنُ سَعْدٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ كَعْبِ بْنِ مَالِكٍ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ كَانَ يَجْمَعُ بَيْنَ الرَّجُلَيْنِ وَالثَّلاَثَةِ مِنْ قَتْلَى أُحُدٍ فِي ثَوْبٍ وَاحِدٍ ثُمَّ يَقُولُ " أَيُّهُمْ أَكْثَرُ أَخْذًا لِلْقُرْآنِ " . فَإِذَا أُشِيرَ لَهُ إِلَى أَحَدِهِمْ قَدَّمَهُ فِي اللَّحْدِ وَقَالَ " أَنَا شَهِيدٌ عَلَى هَؤُلاَءِ " . وَأَمَرَ بِدَفْنِهِمْ فِي دِمَائِهِمْ وَلَمْ يُصَلِّ عَلَيْهِمْ وَلَمْ يُغَسَّلُوا .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ Uhud shahidlaridan ikki yoki uch kishini bitta kafanga jamlar edilar, soʻng: «Ulardan qaysi biri Qurʼonni koʻproq yod olgan edi?» deb soʻrar edilar. Ulardan biriga ishora qilinsa, uni lahadda oldinga qoʻyar va: «Men bularga guvohman», der edilar. U zot ularni qonlari bilan dafn etishga buyurdilar, ularga janoza namozi oʻqimadilar va ular gʻusl qildirilmadi.