حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عُبَيْدٍ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ كَيْسَانَ، عَنْ أَبِي حَازِمٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ زَارَ النَّبِيُّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ قَبْرَ أُمِّهِ فَبَكَى وَأَبْكَى مَنْ حَوْلَهُ فَقَالَ: " اسْتَأْذَنْتُ رَبِّي فِي أَنْ أَسْتَغْفِرَ لَهَا فَلَمْ يَأْذَنْ لِي وَاسْتَأْذَنْتُ رَبِّي فِي أَنْ أَزُورَ قَبْرَهَا فَأَذِنَ لِي فَزُورُوا الْقُبُورَ فَإِنَّهَا تُذَكِّرُكُمُ الْمَوْتَ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ onalarining qabrini ziyorat qildilar-da, yigʻladilar va atrofidagilarni ham yigʻlatdilar. Soʻng: «Rabbimdan uni magʻfirat qilishni soʻrashga izn soʻradim, ammo U menga izn bermadi. Rabbimdan uning qabrini ziyorat qilishga izn soʻradim, U menga izn berdi. Bas, qabrlarni ziyorat qilinglar, chunki ular sizlarga oʻlimni eslatadi», dedilar.