حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، وَوَكِيعٌ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ " كُلُّ عَمَلِ ابْنِ آدَمَ يُضَاعَفُ الْحَسَنَةُ بِعَشْرِ أَمْثَالِهَا إِلَى سَبْعِمِائَةِ ضِعْفٍ إِلَى مَا شَاءَ اللَّهُ. يَقُولُ اللَّهُ: إِلاَّ الصَّوْمَ فَإِنَّهُ لِي وَأَنَا أَجْزِي بِهِ. يَدَعُ شَهْوَتَهُ وَطَعَامَهُ مِنْ أَجْلِي. لِلصَّائِمِ فَرْحَتَانِ: فَرْحَةٌ عِنْدَ فِطْرِهِ وَفَرْحَةٌ عِنْدَ لِقَاءِ رَبِّهِ. وَلَخُلُوفُ فَمِ الصَّائِمِ أَطْيَبُ عِنْدَ اللَّهِ مِنْ رِيحِ الْمِسْكِ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Odam bolasining har bir amali koʻpaytiriladi: bir yaxshilik oʻn baravaridan yetti yuz baravarigacha, Alloh xohlaganicha koʻpaytiriladi. Alloh: ‹Roʻzadan boshqasi. Zero, u Men uchundir va uning mukofotini Oʻzim beraman. U shahvatini va taomini Men uchun tark etadi›, deydi. Roʻzador uchun ikkita xursandchilik bor: biri roʻzasini ochganidagi xursandchilik, ikkinchisi Robbi bilan uchrashganidagi xursandchilik. Roʻzadorning ogʻzi hidi Alloh huzurida misk hididan koʻra xushroqdir», dedilar.