حَدَّثَنَا أَبُو بَدْرٍ، عَبَّادُ بْنُ الْوَلِيدِ حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بِلاَلٍ، حَدَّثَنَا عِمْرَانُ الْقَطَّانُ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ: دَخَلَ رَمَضَانُ. فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ " إِنَّ هَذَا الشَّهْرَ قَدْ حَضَرَكُمْ وَفِيهِ لَيْلَةٌ خَيْرٌ مِنْ أَلْفِ شَهْرٍ مَنْ حُرِمَهَا فَقَدْ حُرِمَ الْخَيْرَ كُلَّهُ وَلاَ يُحْرَمُ خَيْرَهَا إِلاَّ مَحْرُومٌ " .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ramazon kirdi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Albatta, bu oy sizlarga keldi. Unda ming oydan koʻra xayrliroq bir kecha bor. Kim undan mahrum boʻlsa, butun yaxshilikdan mahrum boʻlibdi. Uning yaxshiligidan faqat mahrum kishigina mahrum boʻladi», dedilar.