حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ مُوسَى، حَدَّثَنَا شَرِيكٌ، عَنْ طَلْحَةَ بْنِ يَحْيَى، عَنْ مُجَاهِدٍ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ دَخَلَ عَلَىَّ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فَقَالَ: " هَلْ عِنْدَكُمْ شَىْءٌ؟ " . فَنَقُولُ: لاَ . فَيَقُولُ: " إِنِّي صَائِمٌ " . فَيُقِيمُ عَلَى صَوْمِهِ ثُمَّ يُهْدَى لَنَا شَىْءٌ فَيُفْطِرُ . قَالَتْ: وَرُبَّمَا صَامَ وَأَفْطَرَ . قُلْتُ: كَيْفَ ذَا؟ قَالَتْ: إِنَّمَا مَثَلُ هَذَا مَثَلُ الَّذِي يَخْرُجُ بِصَدَقَةٍ فَيُعْطِي بَعْضَهَا وَيُمْسِكُ بَعْضًا .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ mening oldimga kirib: ‹Sizlarda biror narsa bormi?› deb soʻrardilar. Biz: ‹Yoʻq›, desak, u zot: ‹Unda men roʻzadorman›, derdilar va roʻzalarida davom etardilar. Soʻng bizga biror narsa hadya qilinsa, iftor qilardilar», dedi. U yana: «Baʼzan roʻza tutar, baʼzan roʻzasini ochar edilar», dedi. Men: «Bu qanday boʻladi?» dedim. U: «Bunday kishining misoli xuddi sadaqa bilan chiqib, uning bir qismini berib, bir qismini ushlab qoladigan kishining misoli kabidir», dedi.