حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، عَنِ ابْنِ أَبِي لَبِيدٍ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، قَالَ: سَأَلْتُ عَائِشَةَ عَنْ صِيَامِ النَّبِيِّ، ـ صلى الله عليه وسلم ـ فَقَالَتْ: كَانَ يَصُومُ حَتَّى نَقُولَ قَدْ صَامَ . وَيُفْطِرُ حَتَّى نَقُولَ: قَدْ أَفْطَرَ. وَلَمْ أَرَهُ صَامَ مِنْ شَهْرٍ قَطُّ أَكْثَرَ مِنْ صِيَامِهِ مِنْ شَعْبَانَ. كَانَ يَصُومُ شَعْبَانَ كُلَّهُ. كَانَ يَصُومُ شَعْبَانَ إِلاَّ قَلِيلاً .
Abu Salama (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Oisha (roziyallohu anho)dan Nabiy ﷺning roʻzalari haqida soʻradim. U: «U zot shu qadar roʻza tutar edilarki, biz: ‹Endi doim roʻza tutadilar›, der edik. Yana shu qadar roʻza tutmas edilarki, biz: ‹Endi roʻza tutmaydilar›, der edik. Men u zotning hech qaysi oyda Shaʼbon oyidagidan koʻproq roʻza tutganlarini koʻrmaganman. U zot butun Shaʼbonni roʻza tutar edilar. U zot ozgina qismidan boshqa butun Shaʼbonni roʻza tutar edilar», dedi.