حَدَّثَنَا الْعَبَّاسُ بْنُ عَبْدِ الْعَظِيمِ الْعَنْبَرِيُّ، حَدَّثَنَا الضَّحَّاكُ بْنُ مَخْلَدٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ رِفَاعَةَ، عَنْ سُهَيْلِ بْنِ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ النَّبِيَّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ كَانَ يَصُومُ الاِثْنَيْنِ وَالْخَمِيسَ . فَقِيلَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّكَ تَصُومُ يَوْمَ الاِثْنَيْنِ وَالْخَمِيسِ فَقَالَ " إِنَّ يَوْمَ الاِثْنَيْنِ وَالْخَمِيسِ يَغْفِرُ اللَّهُ فِيهِمَا لِكُلِّ مُسْلِمٍ إِلاَّ مُهْتَجِرَيْنِ يَقُولُ دَعْهُمَا حَتَّى يَصْطَلِحَا " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ dushanba va payshanba kunlari roza tutar edilar. «Ey Allohning Rasuli, siz dushanba va payshanba kunlari roza tutasiz», deyilganda, u zot ﷺ: «Dushanba va payshanba kunlarida Alloh har bir musulmonni magʻfirat qiladi, faqat bir-biriga qahr qilib yuz oʻgirgan ikki kishini bundan mustasno qiladi. U: ‹Toki ular yarashguncha bu ikkisini qoldiringlar›, deydi», dedilar.