حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ مُحَمَّدٍ، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، عَنْ خَيْثَمَةَ، عَنْ عَدِيِّ بْنِ حَاتِمٍ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ " مَا مِنْكُمْ مِنْ أَحَدٍ إِلاَّ سَيُكَلِّمُهُ رَبُّهُ لَيْسَ بَيْنَهُ وَبَيْنَهُ تَرْجُمَانٌ فَيَنْظُرُ أَمَامَهُ فَتَسْتَقْبِلُهُ النَّارُ وَيَنْظُرُ عَنْ أَيْمَنَ مِنْهُ فَلاَ يَرَى إِلاَّ شَيْئًا قَدَّمَهُ وَيَنْظُرُ عَنْ أَشْأَمَ مِنْهُ فَلاَ يَرَى إِلاَّ شَيْئًا قَدَّمَهُ فَمَنِ اسْتَطَاعَ مِنْكُمْ أَنْ يَتَّقِيَ النَّارَ وَلَوْ بِشِقِّ تَمْرَةٍ فَلْيَفْعَلْ " .
Adiy ibn Hotim (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Sizlardan har biringiz bilan Robbi soʻzlashadi, u bilan uning orasida tarjimon boʻlmaydi. Shunda u oldiga qaraydi va oʻt uni qarshi oladi, oʻng tomoniga qaraydi va oʻzi ilgari yuborgan narsadan boshqa narsani koʻrmaydi, chap tomoniga qaraydi va oʻzi ilgari yuborgan narsadan boshqa narsani koʻrmaydi. Sizlardan kim yarim dona xurmo bilan boʻlsa ham oʻzini oʻtdan saqlashga qodir boʻlsa, shunday qilsin», dedilar.