حَدَّثَنَا هَنَّادُ بْنُ السَّرِيِّ، حَدَّثَنَا عَبْدَةُ بْنُ سُلَيْمَانَ، عَنْ عَبْدِ الْمَلِكِ، عَنْ عَطَاءٍ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ تَزَوَّجْتُ امْرَأَةً عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فَلَقِيتُ رَسُولَ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فَقَالَ " أَتَزَوَّجْتَ يَا جَابِرُ " . قُلْتُ نَعَمْ . قَالَ " أَبِكْرًا أَوْ ثَيِّبًا " . قُلْتُ ثَيِّبًا . قَالَ " فَهَلاَّ بِكْرًا تُلاَعِبُهَا " . قُلْتُ كُنَّ لِي أَخَوَاتٌ فَخَشِيتُ أَنْ تَدْخُلَ بَيْنِي وَبَيْنَهُنَّ . قَالَ " فَذَاكَ إِذًا " .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ zamonlarida bir ayolga uylandim. Soʻng Rasulullohga ﷺ yoʻliqib qoldim. U zot: «Ey Jobir, uylandingmi?», dedilar. Men: «Ha», dedim. U zot: «Bokira qizgami yoki tul ayolgami?», dedilar. Men: «Tul ayolga», dedim. U zot: «Nega bokira qizga uylanmadingki, u bilan oʻynashib yayrasang?», dedilar. Men: «Menga singillarim bor edi, u ular bilan mening oramga tushib qolishidan qoʻrqdim», dedim. U zot: «Unday boʻlsa, mayli», dedilar.