حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ غِيَاثٍ، عَنْ حَجَّاجٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ سُلَيْمَانَ، عَنْ عَمِّهِ، سَهْلِ بْنِ أَبِي حَثْمَةَ عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ مَسْلَمَةَ، قَالَ خَطَبْتُ امْرَأَةً فَجَعَلْتُ أَتَخَبَّأُ لَهَا حَتَّى نَظَرْتُ إِلَيْهَا فِي نَخْلٍ لَهَا فَقِيلَ لَهُ أَتَفْعَلُ هَذَا وَأَنْتَ صَاحِبُ رَسُولِ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فَقَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ ـ صلى الله عليه وسلم ـ يَقُولُ " إِذَا أَلْقَى اللَّهُ فِي قَلْبِ امْرِئٍ خِطْبَةَ امْرَأَةٍ فَلاَ بَأْسَ أَنْ يَنْظُرَ إِلَيْهَا " .
Muhammad ibn Maslama (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men bir ayolga sovchi qoʻydim va uni koʻrmaguncha yashirinib poylab yurdim, nihoyat uni oʻzining xurmozorida koʻrib oldim. Unga: «Rasulullohning ﷺ sahobasi boʻla turib shunday qilasanmi?», deyildi. U: «Men Rasulullohni ﷺ: ‹Alloh bir kishining qalbiga bir ayolga sovchilik solsa, unga qarab olishida ziyon yoʻq›, deb aytayotganlarini eshitganman», dedi.