حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ هَارُونَ، وَأَبُو أُسَامَةَ قَالاَ حَدَّثَنَا بَهْزُ بْنُ حَكِيمٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، قَالَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ عَوْرَاتُنَا مَا نَأْتِي مِنْهَا وَمَا نَذَرُ قَالَ " احْفَظْ عَوْرَتَكَ إِلاَّ مِنْ زَوْجَتِكَ أَوْ مَا مَلَكَتْ يَمِينُكَ " . قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَرَأَيْتَ إِنْ كَانَ الْقَوْمُ بَعْضُهُمْ فِي بَعْضٍ قَالَ " إِنِ اسْتَطَعْتَ أَنْ لاَ تُرِيَهَا أَحَدًا فَلاَ تُرِيَنَّهَا " . قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ فَإِنْ كَانَ أَحَدُنَا خَالِيًا قَالَ " فَاللَّهُ أَحَقُّ أَنْ يُسْتَحْيَى مِنْهُ مِنَ النَّاسِ " .
Muoviya ibn Hayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, avratlarimizning qaysisini ochamiz va qaysisini yopamiz?» dedim. U zot: «Xotiningdan yoki qoʻl ostingdagi choʻridan boshqa hammadan avratingni saqla», dedilar. «Ey Rasululloh, agar odamlar bir joyda birga boʻlsalar-chi?» dedim. U zot: «Uni hech kimga koʻrsatmaslikka qodir boʻlsang, aslo koʻrsatma», dedilar. «Ey Rasululloh, agar birimiz yolgʻiz boʻlsa-chi?» dedim. U zot: «Alloh — undan uyalishga odamlardan koʻra haqliroqdir», dedilar.