حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عَمْرٍو، حَدَّثَنَا عُمَرُ بْنُ عَلِيٍّ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، . أَنَّهَا قَالَتْ نَزَلَتْ هَذِهِ الآيَةُ {وَالصُّلْحُ خَيْرٌ} فِي رَجُلٍ كَانَتْ تَحْتَهُ امْرَأَةٌ قَدْ طَالَتْ صُحْبَتُهَا وَوَلَدَتْ مِنْهُ أَوْلاَدًا فَأَرَادَ أَنْ يَسْتَبْدِلَ بِهَا فَرَاضَتْهُ عَلَى أَنْ تُقِيمَ عِنْدَهُ وَلاَ يَقْسِمَ لَهَا .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: {Sulh yaxshiroqdir} (Niso 128) degan oyat bir kishi haqida nozil boʻldi. Uning nikohida bir ayol bor edi, u bilan uzoq yashagan va undan bola koʻrgan edi. Keyin u ayolni boshqasiga almashtirmoqchi boʻldi. Shunda ayol: u zotning huzurida qolishiga va oʻziga navbat berilmasligiga rozi boʻlib, u bilan yarashdi.