حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عُرْوَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ إِنَّ عَبْدَ بْنَ زَمْعَةَ وَسَعْدًا اخْتَصَمَا إِلَى النَّبِيِّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فِي ابْنِ أَمَةِ زَمْعَةَ . فَقَالَ سَعْدٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَوْصَانِي أَخِي إِذَا قَدِمْتُ مَكَّةَ أَنْ أَنْظُرَ إِلَى ابْنِ أَمَةِ زَمْعَةَ فَأَقْبِضَهُ . وَقَالَ عَبْدُ بْنُ زَمْعَةَ أَخِي وَابْنُ أَمَةِ أَبِي وُلِدَ عَلَى فِرَاشِ أَبِي . فَرَأَى النَّبِيُّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ شَبَهَهُ بِعُتْبَةَ فَقَالَ " هُوَ لَكَ يَا عَبْدُ بْنُ زَمْعَةَ . الْوَلَدُ لِلْفِرَاشِ وَاحْتَجِبِي عَنْهُ يَا سَوْدَةُ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Abd ibn Zamʼa bilan Saʼd Zamʼaning choʻrisining oʻgʻli haqida Nabiy ﷺning huzurlarida daʼvolashdilar. Saʼd: «Yo Rasululloh, akam menga vasiyat qilgan ediki, Makkaga kelganimda Zamʼaning choʻrisining oʻgʻlini koʻrib, uni oʻz qaramogʻimga olishimni», dedi. Abd ibn Zamʼa esa: «U mening ukam va otamning choʻrisining oʻgʻli, otamning toʻshagida tugʻilgan», dedi. Nabiy ﷺ uning Utbaga oʻxshashligini koʻrdilar-da: «U seniki, ey Abd ibn Zamʼa. Bola toʻshak egasiniki. Sen esa undan pardalan, ey Savda», dedilar.