حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْحَارِثِ الْمِصْرِيُّ، أَنْبَأَنَا اللَّيْثُ بْنُ سَعْدٍ، حَدَّثَنِي عُقَيْلٌ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، أَخْبَرَنِي سَعِيدُ بْنُ الْمُسَيَّبِ، أَنَّ أَبَا هُرَيْرَةَ، قَالَ كُنَّا جُلُوسًا عِنْدَ النَّبِيِّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ قَالَ " بَيْنَا أَنَا نَائِمٌ رَأَيْتُنِي فِي الْجَنَّةِ فَإِذَا أَنَا بِامْرَأَةٍ تَتَوَضَّأُ إِلَى جَانِبِ قَصْرٍ فَقُلْتُ لِمَنْ هَذَا الْقَصْرُ فَقَالَتْ لِعُمَرَ . فَذَكَرْتَ غَيْرَتَهُ فَوَلَّيْتُ مُدْبِرًا " . قَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ فَبَكَى عُمَرُ فَقَالَ أَعَلَيْكَ بِأَبِي وَأُمِّي يَا رَسُولَ اللَّهِ أَغَارُ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Nabiy ﷺning huzurlarida oʻtirgan edik, u zot: «Men uxlab yotganimda oʻzimni jannatda koʻrdim. Shunda bir ayolni bir qasrning yonida taharat olayotganini koʻrdim. ‹Bu qasr kimniki?› dedim. U: ‹Umarniki›, dedi. Men uning gʻayratini eslab, orqamga qaytdim», dedilar. Abu Hurayra aytdi: Shunda Umar yigʻlab: «Sizga qarab-a, ey Rasululloh, otam-onam sizga fido boʻlsin, men sizdan gʻayrat qilarmidim?!» dedi.