حَدَّثَنَا أَبُو سَعِيدٍ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا أَبُو خَالِدٍ الأَحْمَرُ، قَالَ سَمِعْتُ مُجَالِدًا، يَذْكُرُ عَنِ الشَّعْبِيِّ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ كُنَّا عِنْدَ النَّبِيِّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ فَخَطَّ خَطًّا وَخَطَّ خَطَّيْنِ عَنْ يَمِينِهِ وَخَطَّ خَطَّيْنِ عَنْ يَسَارِهِ ثُمَّ وَضَعَ يَدَهُ فِي الْخَطِّ الأَوْسَطِ فَقَالَ " هَذَا سَبِيلُ اللَّهِ " . ثُمَّ تَلاَ هَذِهِ الآيَةَ {وَأَنَّ هَذَا صِرَاطِي مُسْتَقِيمًا فَاتَّبِعُوهُ وَلاَ تَتَّبِعُوا السُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَنْ سَبِيلِهِ} .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Biz Paygʻambar ﷺning huzurida edik. U zot bir chiziq tortdilar va uning oʻng tomoniga ikkita chiziq, chap tomoniga ikkita chiziq tortdilar. Soʻng qoʻllarini oʻrtadagi chiziqqa qoʻyib: «Bu Allohning yoʻlidir», dedilar. Keyin bu oyatni tilovat qildilar: {Albatta, mana shu Mening toʻgʻri yoʻlimdir. Bas, unga ergashinglar. Boshqa yoʻllarga ergashmanglar, aks holda ular sizlarni Uning yoʻlidan uzoqlashtirib, boʻlib-boʻlib yuboradi} (Anʼom 153).