حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْعَلاَءِ الْهَمْدَانِيُّ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ إِدْرِيسَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ السَّمَّانِ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ، قَالَ قُلْنَا يَا رَسُولَ اللَّهِ أَنَرَى رَبَّنَا قَالَ " تَضَامُّونَ فِي رُؤْيَةِ الشَّمْسِ فِي الظَّهِيرَةِ فِي غَيْرِ سَحَابٍ " . قُلْنَا لاَ . قَالَ " فَتَضَارُّونَ فِي رُؤْيَةِ الْقَمَرِ لَيْلَةَ الْبَدْرِ فِي غَيْرِ سَحَابٍ " . قَالُوا لاَ . قَالَ " إِنَّكُمْ لاَ تَضَارُّونَ فِي رُؤْيَتِهِ إِلاَّ كَمَا تَضَارُّونَ فِي رُؤْيَتِهِمَا " .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: biz: «Ey Rasululloh, biz Robbimizni koʻramizmi?» dedik. U zot: «Bulutsiz kunda tush paytidagi quyoshni koʻrishda bir-biringizga xalaqit berasizmi?» dedilar. Biz: «Yoʻq», dedik. U zot: «Bulutsiz toʻlin oy kechasida oyni koʻrishda bir-biringizga xalaqit berasizmi?» dedilar. Ular: «Yoʻq», dedilar. U zot: «Siz Uni koʻrishda faqat mana shu ikkovini koʻrishda bir-biringizga xalaqit berganingizdek xalaqit berasiz, xolos», dedilar.