حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ مُحَمَّدٍ، حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، عَنْ تَمِيمِ بْنِ سَلَمَةَ، عَنْ عُرْوَةَ بْنِ الزُّبَيْرِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتِ الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي وَسِعَ سَمْعُهُ الأَصْوَاتَ، لَقَدْ جَاءَتِ الْمُجَادِلَةُ إِلَى النَّبِيِّ ـ صلى الله عليه وسلم ـ وَأَنَا فِي نَاحِيَةِ الْبَيْتِ تَشْكُو زَوْجَهَا وَمَا أَسْمَعُ مَا تَقُولُ فَأَنْزَلَ اللَّهُ {قَدْ سَمِعَ اللَّهُ قَوْلَ الَّتِي تُجَادِلُكَ فِي زَوْجِهَا} .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Ovozlarni oʻz eshitishi bilan qamrab olgan Allohga hamd boʻlsin! Mujodala qiluvchi ayol Nabiy ﷺ huzuriga kelib eri haqida shikoyat qildi, men esa uy chetida edim va uning nima deyayotganini eshitmasdim. Shunda Alloh: {Alloh eri toʻgʻrisida sen bilan bahslashgan (ayol)ning soʻzini eshitdi} (Mujodala 1) oyatini nozil qildi.