حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَسَارٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِنَّ شِدَّةَ الْحَرِّ مِنْ فَيْحِ جَهَنَّمَ فَإِذَا اشْتَدَّ الْحَرُّ فَأَبْرِدُوا عَنِ الصَّلاَةِ " . وَقَالَ " اشْتَكَتِ النَّارُ إِلَى رَبِّهَا فَقَالَتْ يَا رَبِّ أَكَلَ بَعْضِي بَعْضًا . فَأَذِنَ لَهَا بِنَفَسَيْنِ فِي كُلِّ عَامٍ نَفَسٍ فِي الشِّتَاءِ وَنَفَسٍ فِي الصَّيْفِ " .
Ato ibn Yasor (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Issiqning qattiqligi — jahannamning qaynoq nafasidandir. Bas, issiq qattiq boʻlsa, namozni salqin tushguncha kechiktiringlar», dedilar. Va yana: «Doʻzax Robbiga shikoyat qilib: ‹Ey Robbim, bir qismim boshqa qismimni yeb yubordi›, dedi. Shunda (Alloh) unga har yili ikki marta nafas olishga izn berdi: bir nafas qishda, bir nafas yozda», dedilar.