وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، مَوْلَى عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ أَنَّهُ قَالَ شَهِدْتُ الأَضْحَى وَالْفِطْرَ مَعَ أَبِي هُرَيْرَةَ فَكَبَّرَ فِي الرَّكْعَةِ الأُولَى سَبْعَ تَكْبِيرَاتٍ قَبْلَ الْقِرَاءَةِ وَفِي الآخِرَةِ خَمْسَ تَكْبِيرَاتٍ قَبْلَ الْقِرَاءَةِ . قَالَ مَالِكٌ وَهُوَ الأَمْرُ عِنْدَنَا . قَالَ مَالِكٌ فِي رَجُلٍ وَجَدَ النَّاسَ قَدِ انْصَرَفُوا مِنَ الصَّلاَةِ يَوْمَ الْعِيدِ إِنَّهُ لاَ يَرَى عَلَيْهِ صَلاَةً فِي الْمُصَلَّى وَلاَ فِي بَيْتِهِ وَإِنَّهُ إِنْ صَلَّى فِي الْمُصَلَّى أَوْ فِي بَيْتِهِ لَمْ أَرَ بِذَلِكَ بَأْسًا وَيُكَبِّرُ سَبْعًا فِي الأُولَى قَبْلَ الْقِرَاءَةِ وَخَمْسًا فِي الثَّانِيَةِ قَبْلَ الْقِرَاءَةِ .
Abdulloh ibn Umarning mavlosi Nofeʼdan rivoyat qilinadiki, u: «Men Abu Hurayra (roziyallohu anhu) bilan Azho va Fitr (namoz)larida qatnashdim. U birinchi rakaatda qiroatdan oldin yetti marta, oxirgi (rakaat)da qiroatdan oldin besh marta takbir aytdi», dedi. Molik aytdi: «Bu — bizning nazdimizda amal qilinadigan narsadir». Molik hayit kuni odamlarni namozdan qaytib boʻlgan holda topgan kishi haqida (shunday) dedi: «Unga na namozgohda, na uyida (qayta) namoz (oʻqish) yoʻq. Agar u namozgohda yoki uyida namoz oʻqisa, men bunda ziyon koʻrmayman; birinchi (rakaat)da qiroatdan oldin yetti, ikkinchisida qiroatdan oldin besh marta takbir aytadi».