وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ قَالَ أُنْزِلَتْ {عَبَسَ وَتَوَلَّى} فِي عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أُمِّ مَكْتُومٍ جَاءَ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَجَعَلَ يَقُولُ يَا مُحَمَّدُ اسْتَدْنِينِي وَعِنْدَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم رَجُلٌ مِنْ عُظَمَاءِ الْمُشْرِكِينَ فَجَعَلَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يُعْرِضُ عَنْهُ وَيُقْبِلُ عَلَى الآخَرِ وَيَقُولُ " يَا أَبَا فُلاَنٍ هَلْ تَرَى بِمَا أَقُولُ بَأْسًا " . فَيَقُولُ لاَ وَالدِّمَاءِ مَا أَرَى بِمَا تَقُولُ بَأْسًا . فَأُنْزِلَتْ {عَبَسَ وَتَوَلَّى أَنْ جَاءَهُ الأَعْمَى}
Urva (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u aytdi: «‹Abasa› surasi Abdulloh ibn Ummi Maktum haqida nozil boʻldi. U Rasululloh ﷺ oldilariga kelib: ‹Yo Muhammad, meni oʻzingizga yaqinlashtiring›, dey boshladi. Nabiy ﷺ ning huzurlarida esa mushriklarning kattalaridan bir kishi bor edi. Nabiy ﷺ undan yuz oʻgirib, boshqasiga yuzlanardilar va: ‹Ey falonchi, men aytayotgan narsada bir zarar koʻryapsanmi?› derdilar. U esa: ‹Yoʻq, qonlarga qasamki, sen aytayotgan narsada zarar koʻrmayapman›, derdi. Shunda: {U yuzini burishtirdi va oʻgirildi — oldiga koʻr kishi kelgani uchun} (oyatlari) nozil boʻldi».