وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ إِبْرَاهِيمَ بْنِ الْحَارِثِ التَّيْمِيِّ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ، قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " يَخْرُجُ فِيكُمْ قَوْمٌ تَحْقِرُونَ صَلاَتَكُمْ مَعَ صَلاَتِهِمْ وَصِيَامَكُمْ مَعَ صِيَامِهِمْ وَأَعْمَالَكُمْ مَعَ أَعْمَالِهِمْ يَقْرَءُونَ الْقُرْآنَ وَلاَ يُجَاوِزُ حَنَاجِرَهُمْ يَمْرُقُونَ مِنَ الدِّينِ مُرُوقَ السَّهْمِ مِنَ الرَّمِيَّةِ تَنْظُرُ فِي النَّصْلِ فَلاَ تَرَى شَيْئًا وَتَنْظُرُ فِي الْقِدْحِ فَلاَ تَرَى شَيْئًا وَتَنْظُرُ فِي الرِّيشِ فَلاَ تَرَى شَيْئًا وَتَتَمَارَى فِي الْفُوقِ " .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u Rasululloh ﷺ ning shunday deganlarini eshitdi: «Sizlarning ichingizdan bir qavm chiqadiki, siz oʻz namozingizni ularning namozi oldida, oʻz roʻzangizni ularning roʻzasi oldida, oʻz amallaringizni ularning amallari oldida arzimas deb hisoblaysiz. Ular Qurʼon oʻqiydilar, ammo u boʻgʻizlaridan oshib oʻtmaydi. Ular dindan xuddi oʻq ovdan teshib oʻtganidek chiqib ketadilar. Sen oʻqning paykoniga qaraysan — hech narsa koʻrmaysan; tanasiga qaraysan — hech narsa koʻrmaysan; patiga qaraysan — hech narsa koʻrmaysan; qadagʻiga esa (biror asar bormi deb) shubha qilasan», dedilar.