وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ يَدْعُو فَيَقُولُ " اللَّهُمَّ فَالِقَ الإِصْبَاحِ وَجَاعِلَ اللَّيْلِ سَكَنًا وَالشَّمْسِ وَالْقَمَرِ حُسْبَانًا اقْضِ عَنِّي الدَّيْنَ وَأَغْنِنِي مِنَ الْفَقْرِ وَأَمْتِعْنِي بِسَمْعِي وَبَصَرِي وَقُوَّتِي فِي سَبِيلِكَ " .
Yahyo ibn Saʼid (rahimahulloh)ga yetib kelishicha, Rasululloh ﷺ shunday duo qilar edilar: «Allohumma faliqal-isboh, va joilal-layli sakana, vash-shamsi val-qamari husbana, iqzi annid-dayna va agʻniniy minal-faqr, va amtiʼniy bisamʼiy va basariy va quvvatiy fiy sabilik» (Ey tongni yoruvchi, kechani orom, quyosh va oyni hisob oʻlchovi qilgan Alloh! Mendan qarzni ado etgin, meni faqrlikdan boy qilgin va qulogʻim, koʻzim hamda kuch-quvvatimdan Oʻz yoʻlingda bahramand etgin).