وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّهُ قَالَ بَلَغَنِي أَنَّ أَبَا بَكْرٍ الصِّدِّيقَ، قَالَ لِعَائِشَةَ وَهُوَ مَرِيضٌ فِي كَمْ كُفِّنَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَتْ فِي ثَلاَثَةِ أَثْوَابٍ بِيضٍ سَحُولِيَّةٍ . فَقَالَ أَبُو بَكْرٍ خُذُوا هَذَا الثَّوْبَ - لِثَوْبٍ عَلَيْهِ قَدْ أَصَابَهُ مِشْقٌ أَوْ زَعْفَرَانٌ - فَاغْسِلُوهُ ثُمَّ كَفِّنُونِي فِيهِ مَعَ ثَوْبَيْنِ آخَرَيْنِ . فَقَالَتْ عَائِشَةُ وَمَا هَذَا فَقَالَ أَبُو بَكْرٍ الْحَىُّ أَحْوَجُ إِلَى الْجَدِيدِ مِنَ الْمَيِّتِ وَإِنَّمَا هَذَا لِلْمُهْلَةِ .
Yahyo ibn Said (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: Menga yetib kelishicha, Abu Bakr as-Siddiq kasal boʻlib yotganida Oishaga: «Rasululloh ﷺ necha kiyimga kafanlangan edilar?» dedi. U: «Oq, sahuliya matosidan boʻlgan uchta kiyimga», dedi. Abu Bakr — ustidagi, unga mishq (qizil boʻyoq) yoki zaʼfaron tekkan bir kiyimni koʻrsatib: «Mana bu kiyimni olib yuvinglar, soʻng meni unda yana ikkita kiyim bilan kafanlanglar», dedi. Oisha: «Bu nima uchun?» dedi. Abu Bakr: «Tirik odam yangi (kiyim)ga oʻlikdan koʻra muhtojroqdir; bu esa faqat (jasaddan chiqadigan) suyuqlik uchundir», dedi.