حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ أَبِي سَعِيدٍ الْمَقْبُرِيِّ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ سَأَلَ أَبَا هُرَيْرَةَ كَيْفَ تُصَلِّي عَلَى الْجَنَازَةِ فَقَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ أَنَا لَعَمْرُ اللَّهِ، أُخْبِرُكَ أَتَّبِعُهَا، مِنْ أَهْلِهَا فَإِذَا وُضِعَتْ كَبَّرْتُ وَحَمِدْتُ اللَّهَ وَصَلَّيْتُ عَلَى نَبِيِّهِ ثُمَّ أَقُولُ اللَّهُمَّ إِنَّهُ عَبْدُكَ وَابْنُ عَبْدِكَ وَابْنُ أَمَتِكَ كَانَ يَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ وَأَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُكَ وَرَسُولُكَ وَأَنْتَ أَعْلَمُ بِهِ اللَّهُمَّ إِنْ كَانَ مُحْسِنًا فَزِدْ فِي إِحْسَانِهِ وَإِنْ كَانَ مُسِيئًا فَتَجَاوَزْ عَنْ سَيِّئَاتِهِ اللَّهُمَّ لاَ تَحْرِمْنَا أَجْرَهُ وَلاَ تَفْتِنَّا بَعْدَهُ .
Said ibn Abu Said al-Maqburiy otasidan rivoyat qilishicha, u (Said) Abu Hurayradan: «Janozani qanday oʻqiysan?» deb soʻradi. Abu Hurayra dedi: «Allohning hayotiga qasamki, senga aytib beraman! Men uni (janozani) ahli bilan (uyidan) kuzatib boraman. U (yerga) qoʻyilganda takbir aytaman, Allohga hamd aytaman va Uning Paygʻambariga salovot aytaman, soʻng shunday deyman: ‹Allohumma, u — Sening bandang, erkak bandangning oʻgʻli va choʻringning oʻgʻli. U Sendan oʻzga iloh yoʻqligiga va Muhammad Sening bandang hamda elching ekaniga guvohlik berardi, Sen uni yaxshiroq biluvchisan. Allohumma, agar u yaxshilik qiluvchi boʻlgan boʻlsa, uning yaxshiligini ziyoda qilgin; agar yomonlik qiluvchi boʻlgan boʻlsa, uning yomonliklarini kechgin. Allohumma, bizni uning ajridan mahrum qilma va undan keyin bizni fitnaga solma›».