وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّ عَائِشَةَ، زَوْجَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَتْ رَأَيْتُ ثَلاَثَةَ أَقْمَارٍ سَقَطْنَ فِي حُجْرَتِي فَقَصَصْتُ رُؤْيَاىَ عَلَى أَبِي بَكْرٍ الصِّدِّيقِ قَالَتْ فَلَمَّا تُوُفِّيَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَدُفِنَ فِي بَيْتِهَا قَالَ لَهَا أَبُو بَكْرٍ هَذَا أَحَدُ أَقْمَارِكِ وَهُوَ خَيْرُهَا .
Yahyo ibn Saʼiddan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ ning zavjalari Oisha (roziyallohu anho) aytdilar: «Men uchta oyning hujramga tushganini (tushimda) koʻrdim va tushimni Abu Bakr as-Siddiqqa aytib berdim». U (Oisha) dedilar: «Rasululloh ﷺ vafot etib, mening uyimga dafn etilganlarida, Abu Bakr menga: ‹Bu — oylaringdan biri, u eng yaxshisidir›, dedi».