وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي بَكْرٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَمْرَةَ بِنْتِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، أَنَّهَا أَخْبَرَتْهُ أَنَّهَا، سَمِعَتْ عَائِشَةَ أُمَّ الْمُؤْمِنِينَ، تَقُولُ وَذُكِرَ لَهَا أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ يَقُولُ إِنَّ الْمَيِّتَ لَيُعَذَّبُ بِبُكَاءِ الْحَىِّ . فَقَالَتْ عَائِشَةُ يَغْفِرُ اللَّهُ لأَبِي عَبْدِ الرَّحْمَنِ أَمَا إِنَّهُ لَمْ يَكْذِبْ وَلَكِنَّهُ نَسِيَ أَوْ أَخْطَأَ إِنَّمَا مَرَّ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِيَهُودِيَّةٍ يَبْكِي عَلَيْهَا أَهْلُهَا فَقَالَ " إِنَّكُمْ لَتَبْكُونَ عَلَيْهَا وَإِنَّهَا لَتُعَذَّبُ فِي قَبْرِهَا " .
Amra bint Abdurrahmon (rahimahalloh)dan rivoyat qilinishicha, u moʻminlar onasi Oisha (roziyallohu anho)ning shunday deganlarini eshitdi — unga Abdulloh ibn Umar: «Oʻlik tiriklarning yigʻisi sababli azoblanadi», deb aytayotgani zikr qilinganda: «Alloh Abu Abdurrahmon (Ibn Umar)ni magʻfirat qilsin! U yolgʻon gapirmadi, lekin unutdi yoki xato qildi. Aslida Rasululloh ﷺ ahli-oilasi yigʻlayotgan bir yahudiy ayolning yonidan oʻtib qoldilar-da: ‹Sizlar unga yigʻlayapsizlar, holbuki u qabrida azoblanmoqda›, dedilar».