وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ أَبِي الزِّنَادِ، عَنِ الأَعْرَجِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " قَالَ رَجُلٌ لَمْ يَعْمَلْ حَسَنَةً قَطُّ لأَهْلِهِ إِذَا مَاتَ فَحَرِّقُوهُ ثُمَّ اذْرُوا نِصْفَهُ فِي الْبَرِّ وَنِصْفَهُ فِي الْبَحْرِ فَوَاللَّهِ لَئِنْ قَدَرَ اللَّهُ عَلَيْهِ لَيُعَذِّبَنَّهُ عَذَابًا لاَ يُعَذِّبُهُ أَحَدًا مِنَ الْعَالَمِينَ . فَلَمَّا مَاتَ الرَّجُلُ فَعَلُوا مَا أَمَرَهُمْ بِهِ فَأَمَرَ اللَّهُ الْبَرَّ فَجَمَعَ مَا فِيهِ وَأَمَرَ الْبَحْرَ فَجَمَعَ مَا فِيهِ ثُمَّ قَالَ لِمَ فَعَلْتَ هَذَا قَالَ مِنْ خَشْيَتِكَ يَا رَبِّ وَأَنْتَ أَعْلَمُ . قَالَ فَغَفَرَ لَهُ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Hech qachon biron yaxshilik qilmagan bir kishi oʻlganida ahli (oilasi)ga: ‹Meni yondiringlar, soʻng yarmimni quruqlikka, yarmimni dengizga sochinglar. Allohga qasamki, agar Alloh unga qodir kelsa (qoʻlga olsa), olamlardan hech kimni azoblamagan azob bilan uni albatta azoblaydi›, dedi. U kishi oʻlganida, ular unga buyurganini bajardilar. Shunda Alloh quruqlikka buyurdi va u oʻzidagi (kulni) yigʻdi, dengizga buyurdi va u oʻzidagi (kulni) yigʻdi. Soʻng (Alloh) unga: ‹Nega bunday qilding?›, dedi. U: ‹Sendan qoʻrqqanimdan, ey Robbim, Oʻzing yaxshi bilguvchisan›, dedi. Shunda Alloh uni magʻfirat qildi», dedilar.