وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ عَلْقَمَةَ بْنِ أَبِي عَلْقَمَةَ، عَنْ أُمِّهِ، أَنَّهَا قَالَتْ سَمِعْتُ عَائِشَةَ، زَوْجَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم تَقُولُ : قَامَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ذَاتَ لَيْلَةٍ فَلَبِسَ ثِيَابَهُ ثُمَّ خَرَجَ - قَالَتْ - فَأَمَرْتُ جَارِيَتِي بَرِيرَةَ تَتْبَعُهُ، فَتَبِعَتْهُ حَتَّى جَاءَ الْبَقِيعَ، فَوَقَفَ فِي أَدْنَاهُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ يَقِفَ، ثُمَّ انْصَرَفَ فَسَبَقَتْهُ بَرِيرَةُ فَأَخْبَرَتْنِي، فَلَمْ أَذْكُرْ لَهُ شَيْئًا حَتَّى أَصْبَحَ ثُمَّ ذَكَرْتُ ذَلِكَ لَهُ فَقَالَ : " إِنِّي بُعِثْتُ إِلَى أَهْلِ الْبَقِيعِ لأُصَلِّيَ عَلَيْهِمْ " .
Alqama ibn Abu Alqamaning onasidan rivoyat qilinadiki, u Nabiy ﷺ ning zavjalari Oisha (roziyallohu anho)ning shunday deganlarini eshitdi: «Rasululloh ﷺ bir kechasi turib, kiyimlarini kiydilar, soʻng chiqib ketdilar». U (Oisha) dedilar: «Men joriyam Barirani u zotning ortidan boradigan qilib buyurdim. U ﷺ Baqiʼga borgunlaricha, Barira ortidan bordi. U zot uning eng quyi tomonida Alloh xohlagancha turdilar, soʻng qaytdilar. Barira u zotdan oldinroq (yetib) kelib, menga xabar berdi. Men tong otguncha u zotga hech narsa demadim, soʻng buni u zotga aytdim. Shunda u zot: ‹Men Baqiʼ ahliga, ular uchun (magʻfirat) duo qilishga yuborilgan edim›, dedilar».