وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ الْقَاسِمِ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ قَالَ كَانَتْ عَائِشَةُ تَلِينِي وَأَخًا لِي يَتِيمَيْنِ فِي حَجْرِهَا فَكَانَتْ تُخْرِجُ مِنْ أَمْوَالِنَا الزَّكَاةَ .
Al-Qosim ibn Muhammad (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u aytdi: «Oisha (roziyallohu anho) meni va bir akamni — ikkalamiz yetim edik — oʻz tarbiyasida (himoyasida) saqlardi. U bizning mollarimizdan zakot chiqarardi».