وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ يَسَارٍ، أَنَّ أَهْلَ الشَّامِ، قَالُوا لأَبِي عُبَيْدَةَ بْنِ الْجَرَّاحِ خُذْ مِنْ خَيْلِنَا وَرَقِيقِنَا صَدَقَةً . فَأَبَى ثُمَّ كَتَبَ إِلَى عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ فَأَبَى عُمَرُ ثُمَّ كَلَّمُوهُ أَيْضًا فَكَتَبَ إِلَى عُمَرَ فَكَتَبَ إِلَيْهِ عُمَرُ إِنْ أَحَبُّوا فَخُذْهَا مِنْهُمْ وَارْدُدْهَا عَلَيْهِمْ وَارْزُقْ رَقِيقَهُمْ . قَالَ مَالِكٌ مَعْنَى قَوْلِهِ رَحِمَهُ اللَّهُ وَارْدُدْهَا عَلَيْهِمْ يَقُولُ عَلَى فُقَرَائِهِمْ .
Sulaymon ibn Yasor (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Shom ahli Abu Ubayda ibn al-Jarrohga: «Otlarimiz va qullarimizdan zakot ol», dedilar. U bosh tortdi, soʻng Umar ibn al-Xattobga yozdi, Umar ham bosh tortdi. Keyin ular unga yana gapirdilar, u (yana) Umarga yozdi. Umar unga: «Agar xohlasalar, uni ulardan olib, (soʻng) ularga qaytar; qullariga esa rizq ber», deb yozdi. Molik aytdi: «Uning (Umarning) rahimahulloh ‹ularga qaytar› degan soʻzining maʼnosi: ‹ularning kambagʻallariga (qaytar)›, deganidir».