وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، كَانَ إِذَا اغْتَسَلَ مِنَ الْجَنَابَةِ بَدَأَ فَأَفْرَغَ عَلَى يَدِهِ الْيُمْنَى فَغَسَلَهَا ثُمَّ غَسَلَ فَرْجَهُ ثُمَّ مَضْمَضَ وَاسْتَنْثَرَ ثُمَّ غَسَلَ وَجْهَهُ وَنَضَحَ فِي عَيْنَيْهِ ثُمَّ غَسَلَ يَدَهُ الْيُمْنَى ثُمَّ الْيُسْرَى ثُمَّ غَسَلَ رَأْسَهُ ثُمَّ اغْتَسَلَ وَأَفَاضَ عَلَيْهِ الْمَاءَ .
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) janobatdan gʻusl qilganda avval oʻng qoʻliga suv quyib, uni yuvar, soʻng avratini yuvar, keyin ogʻzini chayqab, burnini qoqar, soʻng yuzini yuvib, koʻzlariga suv purkar, keyin oʻng qoʻlini, soʻng chap qoʻlini yuvar, keyin boshini yuvar, soʻng gʻusl qilib, ustidan suv oqizar edi.