وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ زُيَيْدِ بْنِ الصَّلْتِ، أَنَّهُ قَالَ خَرَجْتُ مَعَ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ إِلَى الْجُرُفِ فَنَظَرَ فَإِذَا هُوَ قَدِ احْتَلَمَ وَصَلَّى وَلَمْ يَغْتَسِلْ فَقَالَ وَاللَّهِ مَا أَرَانِي إِلاَّ احْتَلَمْتُ وَمَا شَعَرْتُ وَصَلَّيْتُ وَمَا اغْتَسَلْتُ قَالَ فَاغْتَسَلَ وَغَسَلَ مَا رَأَى فِي ثَوْبِهِ وَنَضَحَ مَا لَمْ يَرَ وَأَذَّنَ أَوْ أَقَامَ ثُمَّ صَلَّى بَعْدَ ارْتِفَاعِ الضُّحَى مُتَمَكِّنًا .
Zuyayd ibn as-Salt (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: «Men Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu) bilan Jurf (degan joy)ga chiqdim. U qarasa, ehtilom boʻlibdi-yu, gʻusl qilmay namoz oʻqibdi. Shunda u: ‹Allohga qasamki, ehtilom boʻlibman, sezmabman va gʻusl qilmay namoz oʻqibman›, dedi. Soʻng gʻusl qilib, kiyimida koʻrgan (nopoklik)ni yuvdi, koʻrmaganiga suv sepdi, azon yoki iqomat aytdi, keyin choshgoh koʻtarilgach, xotirjam namoz oʻqidi».