وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ عُبَيْدَ اللَّهِ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، أَرْسَلَ إِلَى عَائِشَةَ يَسْأَلُهَا هَلْ يُبَاشِرُ الرَّجُلُ امْرَأَتَهُ وَهِيَ حَائِضٌ فَقَالَتْ لِتَشُدَّ إِزَارَهَا عَلَى أَسْفَلِهَا ثُمَّ يُبَاشِرُهَا إِنْ شَاءَ .
Nofeʼ (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Umar Oisha (roziyallohu anho)ga: ‹Erkak hayzli xotiniga muboshara qilsa (badaniga tegsa) boʻladimi?› deb soʻrab (odam) yubordi. U: «Izorini pastki (qismi)ga mahkam bogʻlab olsin, soʻng xohlasa unga muboshara qilaversin», dedi.