وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ يَسَارٍ، عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ، زَوْجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّ امْرَأَةً كَانَتْ تُهَرَاقُ الدِّمَاءَ فِي عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَاسْتَفْتَتْ لَهَا أُمُّ سَلَمَةَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " لِتَنْظُرْ إِلَى عَدَدِ اللَّيَالِي وَالأَيَّامِ الَّتِي كَانَتْ تَحِيضُهُنَّ مِنَ الشَّهْرِ قَبْلَ أَنْ يُصِيبَهَا الَّذِي أَصَابَهَا فَلْتَتْرُكِ الصَّلاَةَ قَدْرَ ذَلِكَ مِنَ الشَّهْرِ فَإِذَا خَلَّفَتْ ذَلِكَ فَلْتَغْتَسِلْ ثُمَّ لِتَسْتَثْفِرْ بِثَوْبٍ ثُمَّ لِتُصَلِّي " .
Umm Salama — moʻminlar onasi (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ zamonida bir ayol (toʻxtovsiz) qon koʻrar (istihoza boʻlar) edi. Shunda Umm Salama uning haqida Rasululloh ﷺ dan fatvo soʻradi. U zot: «U — bu (kasallik) yetishidan oldin har oy hayz koʻradigan kecha va kunlarning soniga qarasin va oyning oʻsha (kunlar) miqdorida namozni tark etsin; oʻsha (kunlar) oʻtgach, gʻusl qilsin, soʻng avratiga bir mato bogʻlab (istisfor qilib), soʻng oʻsha (holatda) namoz oʻqisin», — dedilar.