وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ سُمَىٍّ، مَوْلَى أَبِي بَكْرِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ أَنَّ الْقَعْقَاعَ بْنَ حَكِيمٍ، وَزَيْدَ بْنَ أَسْلَمَ، أَرْسَلاَهُ إِلَى سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ يَسْأَلُهُ كَيْفَ تَغْتَسِلُ الْمُسْتَحَاضَةُ فَقَالَ تَغْتَسِلُ مِنْ طُهْرٍ إِلَى طُهْرٍ وَتَتَوَضَّأُ لِكُلِّ صَلاَةٍ فَإِنْ غَلَبَهَا الدَّمُ اسْتَثْفَرَتْ .
Abu Bakr ibn Abdurrahmonning mavlosi Sumayy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Qaʼqoʼ ibn Hakim va Zayd ibn Aslam uni istihoza koʻrgan ayol qanday gʻusl qilishini soʻrash uchun Said ibn al-Musayyabning oldiga yubordilar. Shunda u (Said): «U bir poklikdan ikkinchi poklikkacha gʻusl qiladi va har namozga tahorat oladi. Agar qon uni yengib ketsa, avrat joyini bogʻlab oladi», dedi.