حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنِ ابْنِ السَّبَّاقِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ فِي جُمُعَةٍ مِنَ الْجُمَعِ " يَا مَعْشَرَ الْمُسْلِمِينَ إِنَّ هَذَا يَوْمٌ جَعَلَهُ اللَّهُ عِيدًا فَاغْتَسِلُوا وَمَنْ كَانَ عِنْدَهُ طِيبٌ فَلاَ يَضُرُّهُ أَنْ يَمَسَّ مِنْهُ وَعَلَيْكُمْ بِالسِّوَاكِ " .
Ibn as-Sabboq (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ jumʼalardan bir jumʼada: «Ey musulmonlar jamoasi! Bu — Alloh uni iyd (bayram) qilgan kundir. Bas, gʻusl qilinglar. Kimda xushboʻylik boʻlsa, undan surtganining unga zarari yoʻq. Va misvokni lozim tutinglar», dedilar.