وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، أَنَّ تَفْسِيرَ، هَذِهِ الآيَةِ {يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا قُمْتُمْ إِلَى الصَّلاَةِ فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ وَامْسَحُوا بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى الْكَعْبَيْنِ} أَنَّ ذَلِكَ إِذَا قُمْتُمْ مِنَ الْمَضَاجِعِ . يَعْنِي النَّوْمَ . قَالَ يَحْيَى قَالَ مَالِكٌ الأَمْرُ عِنْدَنَا أَنَّهُ لاَ يَتَوَضَّأُ مِنْ رُعَافٍ وَلاَ مِنْ دَمٍ وَلاَ مِنْ قَيْحٍ يَسِيلُ مِنَ الْجَسَدِ وَلاَ يَتَوَضَّأُ إِلاَّ مِنْ حَدَثٍ يَخْرُجُ مِنْ ذَكَرٍ أَوْ دُبُرٍ أَوْ نَوْمٍ .
Zayd ibn Aslam (rahimahulloh)dan rivoyat qilinishicha, ushbu oyatning: {Ey imon keltirganlar! Namozga turganingizda, yuzlaringizni va qoʻllaringizni tirsaklargacha yuvinglar, boshlaringizni silanglar va oyoqlaringizni toʻpiqlargacha (yuvinglar)} (Moida 6) tafsiri — bu ‹yotoqlaringizdan turganingizda›, yaʼni uyqudan (turganingizda) degani. Yahyo aytdi: Molik aytdi: «Bizning nazdimizda ish shundayki, kishi burundan qon ketgani uchun ham, (boshqa) qon uchun ham, tanadan oqib chiqadigan yiring uchun ham tahorat olmaydi; faqat old yoki orqa (avrat)dan chiqadigan hadas uchun yoki uyqu uchun tahorat oladi».