وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ بُشَيْرِ بْنِ يَسَارٍ، مَوْلَى بَنِي حَارِثَةَ عَنْ سُوَيْدِ بْنِ النُّعْمَانِ، أَنَّهُ أَخْبَرَهُ أَنَّهُ، خَرَجَ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَامَ خَيْبَرَ حَتَّى إِذَا كَانُوا بِالصَّهْبَاءِ - وَهِيَ مِنْ أَدْنَى خَيْبَرَ - نَزَلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَصَلَّى الْعَصْرَ ثُمَّ دَعَا بِالأَزْوَادِ فَلَمْ يُؤْتَ إِلاَّ بِالسَّوِيقِ فَأَمَرَ بِهِ فَثُرِّيَ فَأَكَلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَأَكَلْنَا ثُمَّ قَامَ إِلَى الْمَغْرِبِ فَمَضْمَضَ وَمَضْمَضْنَا ثُمَّ صَلَّى وَلَمْ يَتَوَضَّأْ .
Suvayd ibn Nuʼmon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u Xaybar (gʻazoti) yilida Rasululloh ﷺ bilan birga (safarga) chiqdi. Ular Xaybarga yaqin joy boʻlmish as-Sahboga yetganlarida, Rasululloh ﷺ tushib, asr namozini oʻqidilar. Soʻng oziq-ovqat soʻradilar, ammo faqat saviq (qovurilgan arpa uni)dan boshqa narsa keltirilmadi. U zot uni (suvda) hoʻllashni buyurdilar. Rasululloh ﷺ (undan) yedilar, biz ham yedik. Soʻng u zot shom namoziga turib, ogʻizlarini chayqadilar, biz ham chayqadik. Keyin u zot tahorat olmay namoz oʻqidilar.