وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ حُمْرَانَ، مَوْلَى عُثْمَانَ بْنِ عَفَّانَ أَنَّ عُثْمَانَ بْنَ عَفَّانَ، جَلَسَ عَلَى الْمَقَاعِدِ فَجَاءَ الْمُؤَذِّنُ فَآذَنَهُ بِصَلاَةِ الْعَصْرِ فَدَعَا بِمَاءٍ فَتَوَضَّأَ ثُمَّ قَالَ وَاللَّهِ لأُحَدِّثَنَّكُمْ حَدِيثًا لَوْلاَ أَنَّهُ فِي كِتَابِ اللَّهِ مَا حَدَّثْتُكُمُوهُ ثُمَّ قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " مَا مِنِ امْرِئٍ يَتَوَضَّأُ فَيُحْسِنُ وُضُوءَهُ ثُمَّ يُصَلِّي الصَّلاَةَ إِلاَّ غُفِرَ لَهُ مَا بَيْنَهُ وَبَيْنَ الصَّلاَةِ الأُخْرَى حَتَّى يُصَلِّيَهَا " .
Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu)ning mavlosi Humron (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Usmon ibn Affon (bir kuni) maqʼadlarda (masjid yonidagi supalarda) oʻtirgan edi, muazzin kelib, unga asr namozining (vaqti kirgani)ni bildirdi. Shunda u suv soʻrab, tahorat oldi, keyin dedi: «Vallohi, men sizlarga bir hadis aytib beraman. Agar u Allohning Kitobida boʻlmaganida, uni sizlarga aytmagan boʻlardim». Soʻng u: «Men Rasululloh ﷺning shunday deganlarini eshitdim: ‹Qaysi bir kishi tahorat olib, uni chiroyli (mukammal) qilsa, soʻng namoz oʻqisa, u bilan keyingi namoz orasidagi (gunohlari) — u (namoz)ni oʻqiguncha — albatta kechiriladi›», dedi. Yahyo aytdi: Molik: «Menimcha, u ushbu oyatni nazarda tutgan: {Kunduzning ikki tarafida va kechaning (kunduzga yaqin) soatlarida namozni toʻkis ado et! Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazur. Bu — eslovchilar uchun eslatmadir} (Hud 114)», dedi.