حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ أُمِّ الْمُؤْمِنِينَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا اغْتَسَلَ مِنَ الْجَنَابَةِ بَدَأَ بِغَسْلِ يَدَيْهِ ثُمَّ تَوَضَّأَ كَمَا يَتَوَضَّأُ لِلصَّلاَةِ ثُمَّ يُدْخِلُ أَصَابِعَهُ فِي الْمَاءِ فَيُخَلِّلُ بِهَا أُصُولَ شَعْرِهِ ثُمَّ يَصُبُّ عَلَى رَأْسِهِ ثَلاَثَ غَرَفَاتٍ بِيَدَيْهِ ثُمَّ يُفِيضُ الْمَاءَ عَلَى جِلْدِهِ كُلِّهِ .
Muʼminlarning onasi Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ janobatdan gʻusl qilganlarida avval qoʻllarini yuvishdan boshlar, soʻng xuddi namozga tahorat olgandek tahorat olar, keyin barmoqlarini suvga tiqib, ular bilan soch tublarini ishqalar, soʻng boshlariga ikki hovuchlab uch marta suv quyar, keyin butun terisiga suvni oqizar edilar.