وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ حُمَيْدِ بْنِ قَيْسٍ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ أَبِي رَبَاحٍ، أَنَّ أَعْرَابِيًّا، جَاءَ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَهُوَ بِحُنَيْنٍ وَعَلَى الأَعْرَابِيِّ قَمِيصٌ وَبِهِ أَثَرُ صُفْرَةٍ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي أَهْلَلْتُ بِعُمْرَةٍ فَكَيْفَ تَأْمُرُنِي أَنْ أَصْنَعَ فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " انْزِعْ قَمِيصَكَ وَاغْسِلْ هَذِهِ الصُّفْرَةَ عَنْكَ وَافْعَلْ فِي عُمْرَتِكَ مَا تَفْعَلُ فِي حَجِّكَ " .
Molik Humayd ibn Qaysdan, u Ato ibn Abu Rabohdan rivoyat qiladiki, bir aʼrobiy (badaviy) Rasululloh ﷺ Hunaynda boʻlganlarida u zotning oldilariga keldi. Aʼrobiyning ustida sariq (boʻyoq) izi boʻlgan bir koʻylak bor edi. U: «Yo Rasululloh, men umraga ehrom bogʻladim, menga nima qilishni buyurasiz?» dedi. Shunda Rasululloh ﷺ unga: «Koʻylagingni yech, bu sariqlikni oʻzingdan yuvib tashla va umrangda hajingda qiladigan (ishlaringni) qil», dedilar.